Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona uzumlari AQShga yetkazib beriladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov AQShning oziq-ovqat va logistika bozorlarida xizmatlarni taklif etuvchi Natars NY Food korporatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning AQShga eksporti ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
2023 yil dekabr oyida Oltiariq uzumlarini AQSh bozoriga olib kirishga vositachi bo‘lgan ushbu kompaniya vakillari, viloyat meva va sabzavotlariga Qo‘shma shtatlarda yetarli talab borligi, shuningdek, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar, meva sharbatlari, holva va boshqa milliy shirinliklarni ham amerikalik iste’molchilarga sinov tariqasida taqdim etish ustida ish olib borayotganliklarini ma’lum qildi.
Yaqin kunlarda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan qator mahsulotlarning sinov partiyalaridan iborat navbatdagi yuk AQShga yuborilishi bildirildi. 2024 yilda Farg‘ona uzumlari ham katta miqdorda Amerikaga yetkazib berilishi va bu masalada hozirdan barcha tayyorgarliklar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025