Iqtisodiyot | 09:08 / 01.06.2024
3651
2 daqiqa o‘qiladi
Soliq to‘lovchilar 4 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalangani aytildi
O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 4 oyda 10 trln so‘mga yaqin soliq imtiyozlaridan foydalandi.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 122 107 ta tashkilot 9,9 trillion so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Shu bilan birga:
2 442 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 6,3 trillion so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
5 423 ta korxona 10,2 trillion so‘mdan ziyod QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS – 4,9 trillion so‘m;
- yer solig‘i – 1,9 trillion so‘m;
- foyda solig‘i – 1,3 trillion so‘m;
- mol-mulk solig‘i – 793,1 milliard so‘m;
- ijtimoiy soliq – 756,9 milliard so‘m;
- JShODS – 297,5 milliard so‘m
- AOS – 50,1 milliard so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 milliard so‘m.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
10:20 / 24.09.2024
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024