Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
Badiiy tarjima sohasidagi xalqaro mukofot uchun tanlov 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
«Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida»gi prezident qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.
Xalqaro mukofot uchun tanlov 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
- o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.
Xalqaro mukofot g‘oliblarining har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 05.11.2024
Shoir Mansur Jumayev 33 yoshda vafot etdi
20:17 / 10.10.2024
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yozuvchi Xan Ganga berildi
13:04 / 15.09.2024
Shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi
21:49 / 19.02.2024