Jahon | 09:31 / 05.06.2024
7638
2 daqiqa o‘qiladi

Turchak Putinning Oltoy Respublikasiga rahbarlik qilish taklifini qabul qildi

Federatsiya kengashining birinchi vitse-spikeri Andrey Turchak Rossiya prezidentining Oltoy Respublikasi rahbarligini o‘z zimmasiga olish haqidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Putin bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazilmadi.

Foto: kremlin.ru

«Yagona Rossiya» partiyasi bosh kengashi kotibi va Federatsiya kengashining birinchi vitse-spikeri Andrey Turchak Oltoy Respublikasiga rahbarlik qiladi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bu taklifini qabul qildi, deb xabar qildi 4 iyun, seshanba kuni Rossiya davlat OAV.

Turchak «Oltoy Respublikasi rahbari lavozimiga saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘yishini va uning aholisi qo‘llab-quvvatlovini olmoqchi ekanligini ma’lum qildi», deb yozadi TASS.

Xabarlarga ko‘ra, Turchakka taklif Putin bilan shaxsiy uchrashuvsiz qilingan. Bu siyosatchi «mintaqa ishlariga kirishganida» yuz beradi, deb yozadi RIA «Novosti». Oltoy Respublikasining avvalgi rahbari Oleg Xoroxordin shu kuni ertalab iste’foga chiqishini e’lon qildi va qarorni «yangi ish joyiga ko‘chib o‘tish» bilan izohladi. Uning qaysi lavozimni egallashi aytilmagan.

Pskov viloyati sobiq gubernatori va «Yagona Rossiya» bosh kengashi kotibi

2009-2017 yillarda Andrey Turchak Pskov viloyati gubernatori bo‘lgan. 2017 yilda u «Yagona Rossiya» bosh kengashi kotibligiga saylangan.

2022 yil sentabr oyida «Proyekt» nashri Turchaklar oilasi 2014 yildan beri siyosatchining do‘stlari nomiga ro‘yxatdan o‘tgan Kanndagi hashamatli villadan muntazam foydalanib kelayotganini aniqladi. Uning rafiqasi tez-tez Fransiya janubiga tashrif buyuradi, deb yozadi loyiha havo sayohatlari ma’lumotlar bazasiga tayanib. Qayd etilishicha, u 2014 yildan beri 20 martadan ko‘proq parvoz qilgan, oxirgi parvoz 2022 yil fevralida kuzatilgan.

Mavzuga oid