O‘zbekiston | 07:34 / 07.06.2024
8695
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda BMW’da drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi
1997 yilda tug‘ilgan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda BMW rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, keskin manyovr va xavfli holatda avtomashina boshqarganligi aks etgan video tarqaldi.
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston MJtK ning 128-5-moddasining 2-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchilar bilan profilaktik suhbat olib borilganini bildirdi.
YHXB barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
22:19 / 18.10.2024
BMW avtomobillari yangi ko‘rinishda ishlab chiqariladi
20:36 / 03.09.2024
BMW kompaniyasi 140 mingdan ortiq elektrokarini chaqirib oladi
23:08 / 22.08.2024
BMW birinchi marta Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi
19:50 / 20.08.2024