Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda xatolik kuzatildi
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar joriy yil bitiruvchisi sifatida qayd etilayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Bilimni baholash agentligi holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish ochilgandan so‘ng dastlab ro‘yxatdan o‘tgan 623 nafar abituriyentda shunday holat kuzatilgan.
Ushbu holat joriy yil bitiruvchilarining ma’lumotlari ta’lim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga so‘rov yuborilganda, barchaga bir xil tarzda 2024 yilda Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyini tamomlagani to‘g‘risida ma’lumot qaytarilgan.
Mazkur holat agentlik mutaxassislari tomonidan qisqa vaqt ichida aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mutaxassislariga bog‘langan holda bartaraf etildi.
Umumta’lim maktablarining joriy yil bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan integratsiya orqali real vaqt rejimida olinadi.
Mavzuga oid
15:13 / 07.11.2024
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
14:59 / 27.07.2024
Imtihonda antiqa hodisa: abituriyentga tez yordam xodimi orqali telefon kiritildi
10:49 / 27.07.2024
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
14:00 / 25.07.2024