Farzandini muttasil kaltaklab kelgan buxorolik ayol 3 yilga qamaldi
Endi uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashovchi ayol kichik yoshdagi farzandini 2 yil davomida muttasil kaltaklab kelgani tufayli 3 yilga qamaldi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudi ayolga nisbatan ochilgan ishni mazmunan ko‘rib chiqib, Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi, «v» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Ta’kidlanishicha, hozir vasiylik va homiylik organi tomonidan ayolning farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shofirkon tumani «Inson» ijtimoiy markazi tomonidan 6 yashar bolaga vasiy tayinlanib, uning qaramog‘iga topshirilgan.
Mavzuga oid
21:16
Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi
13:50 / 02.12.2024
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
22:08 / 28.11.2024