Makron Ukrainaga instruktorlar yuborish uchun ittifoqchilar qidirmoqda
Makron Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish uchun koalitsiya tuzmoqchi, deb yozadi Welt am Sonntag. Germaniya va AQSh tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb harbiy instruktorlarini yuborish uchun davlatlar koalitsiyasini tuzishni rejalashtirmoqda, biroq Germaniya bu tashabbusdan chetda qolmoqda, deb yozadi Welt am Sonntag gazetasi 9 iyun, yakshanba kuni Bryusseldagi diplomatik manbalariga tayanib.
Nashrning yozishicha, o‘tgan hafta Fransiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Terri Burkxard AQSh va bir qator Yevropa davlatlari hukumatlariga Ukrainadagi o‘quv missiyasida ko‘p millatli «xohlovchilar koalitsiyasining» bir qismi sifatida ishtirok etish taklifi bilan xat yo‘llagan. Bunday taklifni, deb yozadi Welt am Sonntag, boshqa davlatlar qatorida, Britaniya, Polsha, Niderlandiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Daniya va Shvetsiya olgan.
Shu bilan birga, Parij Germaniya federal hukumatini e’tiborsiz qoldirdi - Berlinga taklif kelib tushmadi. Nemis rasmiylari so‘nggi haftalarda harbiylar ukrainalik askarlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv missiyasida ishtirok etmasligini bir necha bor ochiq bildirgan. Shu bilan birga, Oq uy ham ishtirok etishdan bosh tortishi haqida oldindan ogohlantirdi, shunga qaramay, Vashingtonga taklifnoma yuborildi, deya qayd etadi Welt am Sonntag.
Germaniya, Italiya va Ispaniya - Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborishga qarshi
Nashrning Bryusseldagi diplomatlarga tayanib yozishicha, Makron bu tashabbusni Ukrainada allaqachon mavjud bo‘lgan YeI o‘quv missiyasi (EUMAM) shafeligida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu missiya mandatini o‘zgartirishni talab qiladi, ammo Welt ta’kidlaganidek, bu mumkin bo‘lgan holat: missiya hali shu yozda ko‘rib chiqiladi va noyabrda uzaytirilishi kerak. Shu bilan birga, Bryusselda Parij g‘oyalariga qarshilik bor, deya qayd etadi diplomatlar: ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aksariyat davlatlari Ukraina hududidagi missiyada ishtirok etishga qarshi bo‘ladi.
Shu tariqa, Germaniya, Italiya va Ispaniya hukumatlari ukrainalik harbiylarni harbiy harakatlar olib borilayotgan mamlakat hududida o‘qitish keskinlashuvning sezilarli xavfini keltirib chiqarishi va G‘arb davlatlarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga jalb qilishi mumkinligidan xavotirda. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini bir necha bor kechiktirgan va Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqqan Vengriya may oyi oxirida Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari yig‘ilishida Ukrainaning urushda g‘alaba qozonish uchun «imkoniyati» yo‘qligini bildirdi.
Biroq, Welt am Sonntag’ga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralarida harbiy nuqtayi nazardan ukrainalik askarlarni o‘z hududida tayyorlash uchun jiddiy sabablar bor degan fikr keng tarqalgan. Shunda mashg‘ulotlar Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlariga ko‘proq moslashtiriladi va harbiylar mashg‘ulotlar uchun o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lmaydi.
Ukrainaga harbiy instruktorlarni yuborish
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga o‘ziga berilgan qurollar bilan hujum qilish huquqini olishi kerakligini aytgan birinchi G‘arb yetakchilaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, Makron ikki yildan ortiq vaqt davomida Rossiya Federatsiyasining keng ko‘lamli harbiy hujumidan o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga G‘arb harbiy instruktorlarini yuborish imkoniyati masalasini bir necha bor ko‘targan.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024