Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Prezident tomonidan “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961 yil 26 oktyabr) O‘zbekistonning qo‘shilishi haqida”gi qonun imzolandi.
Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga o‘z huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgan.
Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:
- O‘zbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan bo‘lsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni ta’minlaydi;
- O‘zbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qo‘llamaydi.
Konvensiyaga qo‘shilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston obro‘sining oshishiga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
16:21 / 12.07.2024