O‘zbekiston | 14:19 / 10.06.2024
3300
1 daqiqa o‘qiladi

Seysmologiya instituti direktori o‘zgardi 

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Voxitxon Ismoilov direktor lavozimida ish boshladi.

Foto: Fanlar akademiyasi

Bugun, 10 iyun kuni Fanlar akademiyasi G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga yangi direktor tayinlandi.

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Voxitxon Ismoilov direktor lavozimida ish boshladi.

Voxitxon Ismoilov bungacha Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 

Professor Vahob Rafiqovga ko‘p yillik samarali mehnati uchun Fanlar akademiyasining tashakkurnomasi e’lon qilindi.

Mavzuga oid