Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuv imzolandi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlikni boshlashga kelishib oldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi.
Venada bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston energetika forumida uch mamlakat energetika idoralari rahbarlari kelishuv imzoladi. Jahon banki ko‘magida 10 iyun kuni boshlangan tadbir respublika energetika sohasini taqdim etish va unga sarmoya jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Forumda 200 dan ortiq mehmonlar bor. Ular orasida - loyihada ishtirok etayotgan uch davlat, Avstriya, Fransiya, Britaniya, Saudiya Arabistoni, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari.
Bitim «yashil» energiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Tomonlar gidroelektr stansiyasi loyihasida suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
2023 yil yanvar oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistonda GES qurilishiga qo‘shildi. Qambarota GES-1 mamlakatning eng yirik elektr stansiyasiga aylanishi va qo‘shni davlatlarni energiya bilan ta’minlashi kerak.
Qozog‘iston hukumati aprel oyida gidroelektr stansiyasini qurish bo‘yicha qo‘shma kompaniya yaratishda hukumatlararo kelishuv loyihasini taqdim etgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston 33 foizdan, Qirg‘iziston 34 foiz ulushga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:15 / 27.08.2024
Rossiyaning Ukrainaga zarbasi natijasida Kiyev GESga zarar yetdi
12:25 / 17.01.2024
Koreya O‘zbekistonda GESlarni modernizatsiya qilishda ishtirok etishi mumkin
17:14 / 15.12.2023
Qiziriq tumanida Isfara mikro GES-1 ish faoliyatini boshladi
13:08 / 25.11.2023