Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan ayrim poyezdlar chipta narxi oshadi
Mahalliy yo‘nalishlardagi «Nasaf», «Sharq», «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi.
1 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — «Nasaf», «Sharq», «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabarida narxlar oshirilishi yo‘lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirish bilan izohlangan.
Masalan, 12, 4-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi avvalgi narxlari ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m bo‘lsa, yangi narxda ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so‘mni tashkil qiladi.
15 maydan «Afrosiyob» elektropoyezdlari chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgandi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025