YeI ukrainaliklarning vaqtinchalik himoyasini 2026 yilgacha uzaytirmoqchi
Yevrokomissiya ukrainalik qochqinlarni YeIda vaqtinchalik himoya qilish bo‘yicha qarorni yana bir yilga, ya’ni 2026 yil mart oyi boshigacha uzaytirishni taklif qildi. Taklif Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Yevrokomissiya ukrainaliklarning Yevropa Ittifoqidagi vaqtinchalik himoyasini 2026 yil martigacha, ya’ni yana bir yilga 2025 yil 5 martdan 2026 yil 4 martigacha uzaytirishni taklif qildi. 11 iyun, seshanba kuni Bryusseldagi idora buni «mavjud vaziyatga zarur va to‘g‘ri javob» deb atadi, chunki urushdan qochgan ukrainaliklar davom etayotgan hujum tufayli vataniga qaytib keta olmayapti.
Ukrainaga xavfsiz qaytish imkoniyati yo‘q
«Rossiyaning Ukraina bo‘ylab fuqarolik va hayotiy infratuzilma obektlariga hujumlari davom etayotgani sababli, hozirda xavfsiz va uzoq muddatli qaytish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q», — deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida urushdan qochgan 4,2 million ukrainalik bor. Maqsad ularni «hozirgi sharoitda o‘zini iloji boricha barqaror his qilishi» uchun himoya bilan ta’minlashdir, deya ta’kidlanadi axborotda. Bryussel Yevropa Ittifoqining tegishli direktivasi zudlik bilan himoya qilish va muayyan huquqlarni, jumladan, yashash huquqi, mehnat bozoriga kirish, uy-joy, ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishini eslatdi.
Yevropa Ittifoqi bu taklifni 13 iyun kuni YeI kengashiga taqdim etadi.
Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun YeI vaqtinchalik himoyasi
Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish to‘g‘risidagi direktiva Rossiyaning mamlakatga hujumidan bir necha kun o‘tib Yevropa Ittifoqida kuchga kirdi. Tizim 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Bolqon urushlaridan keyin ishlab chiqilgan. Uning maqsadi - Yevropa Ittifoqiga qochqinlarning ommaviy oqimi paytida boshpana tizimlarining haddan tashqari yuklanishining oldini olish. Urushdan qochgan odamlar yashash uchun ruxsatnomalarni tez va byurokratik tartib-qoidalarsiz oladi.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024