Jamiyat | 11:24 / 13.06.2024
2985
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki viloyatda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.A. va D.N. jami 3400 AQSh dollarini fuqaro F.O.ga 43 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.O‘. jami 3000 AQSh dollarini fuqaro B.A.ga 38,4 mln  so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid