Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Ukraina xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Bitim doirasida Yaponiya boshqa narsalar qatori Ukrainaga faqat halokatli bo‘lmagan qurollarni yetkazib bera oladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida «Katta yettilik» (G7) sammitida mamlakatlar o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Tokio Kiyevga 2024 yil oxirigacha 4,5 milliard dollar beradi. Zelenskiy AQSh bilan ham xuddi shunday kelishuv imzolanishini ma’lum qildi.
«Katta yettilik sammitida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan birgalikda davlatlarimiz o‘rtasida xavfsizlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladik. 2024 yil davomida Yaponiya Ukrainaga 4,5 milliard dollar beradi va shartnomaning butun 10 yillik muddati davomida davlatimizni qo‘llab-quvvatlaydi», deb yozdi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqda.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev va Tokio o‘rtasidagi kelishuv Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam, gumanitar, texnik va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Uning aniqlik kiritishicha, Yaponiya, mamlakat qonunlariga ko‘ra, faqat halokatli bo‘lmagan qurollarni yetkazib bera oladi. Tokio, shuningdek, ukrainalik harbiy xizmatchilarni davolash bilan ta’minlaydi va Kiyev bilan razvedka va maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasida hamkorlik qiladi.
Avvalroq, Ukraina 13 ta davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Latviya va Estoniya bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. G7 sammitida AQSh bilan ham xuddi shunday bitim imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025