Sport | 01:59 / 15.06.2024
9393
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024. Ochilish o‘yinida Germaniya Shotlandiyani tor-mor etdi

Foto: Getty Images

Germaniyada Yevropa chempionati start oldi. 

Ochilish o‘yinida mezbonlar Shotlandiya darvzasini 5 bor ishg‘ol etishdi. Virts musobaqaning birinchi golini urdi. Musiala, Haverts, Fullkrug va Jan ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Ryudiger esa avtogol muallifiga aylandi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida 15 iyun kuni Shveytsariya Vengriya bilan to‘qnash keladi. 

Yevro-2024. A guruhi. 1-tur

Germaniya Shotlandiya 5:1

14 iyun, «Alyans Arena» 

Gollar: Virts (10), Musiala (19), Haverts (45+1, penalti), Fullkrug (68), Jan (90+3) — Ryudiger (87, avtogol).

Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt, Kroos (Jan, 80), Gundo‘g‘an, Andrix (Gross, 46), Virts (Sane, 63), Kimmix, Haverts (Fullkrug, 63), Musiala (Myuller, 74).

Shotlandiya – Gann, Ralston, Tirni (Makkenna, 77), Hendri, Porteus, Roberson, Makginn (Maklin, 67), Kristi (Shenklend, 82), Makgregor (Gilmor, 67), Maktominey, Adams (Henli, 46).

Ogohlantirishlar: Andrix (31), Ralston (48), Ta (62).

Chetlatish: Porteus (44).

Mavzuga oid