Qozog‘istonda o‘zbekistonlik jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi
U vasiylikka olgan qiz jiyanlariga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgani ta’kidlanmoqda.
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik qiz jiyanlarini vasiylikka olgan va ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Bolalar ombudsmaniga 2000 yilda tug‘ilgan ayoldan murojaat kelib tushgan. U murojaatida ota-onasi vafot etgani, shundan keyin, 2006 yilda va 2012 yilda tug‘ilgan singillari Qozog‘istonda yashovchi amakisiga vasiylikka berilganini ma’lum qilgan.
Ayolning aytishicha, amakisi singillariga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan. Shu sababli, amakisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda singillarini O‘zbekistonga qaytarib, o‘zini qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so‘ragan.
Xabarga ko‘ra, ikki davlatning mutasaddi idoralari hamkorligida 8 iyun kuni erkak Qozog‘iston politsiyasi tomonidan ushlangan. Voyaga yetmagan qizlar Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirilgan, ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatilayotgani ta’kidlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, erkakka nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksi 121-moddasi (Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani, IIV va TIV tomonidan voyaga yetmagan qizlarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024