O‘zbekiston | 14:56 / 21.06.2024
19993
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi

Yaponiya Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yangi sanksiyalar paketi doirasida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, BAA va O‘zbekiston kompaniyalariga ham cheklovlar joriy etilgan. 

Foto: AP

Tokio Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida rossiyalik shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalarni kengaytirmoqda, deb xabar qildi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi 21 iyun, juma kuni. Yana 11 nafar rossiyalikning aktivlari muzlatiladi.

Sanksiya ro‘yxatiga «Takticheskoye raketnoye voorujyeniya» bosh direktori Boris Obnosov, «Uralvagonzavod» bosh direktori Aleksandr Potapov, «Soyuz» AMNTK bosh konstruktori Mkrtich Okroyan, Zaporijjya viloyati ta’lim vazirligi rahbari Yelena Shapurova, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi kotibi Natalya Budarina, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari Yelena Shapurova, Elmira Xaymurzina, Aleksandr Kurdyumov, Anton Lopatin va boshqa bir qator shaxslar kiritilgan.

Sanksiyalar ostidagi Rossiya kompaniyalari 

Sanksiya ostidagi Rossiya kompaniyalari ro‘yxatiga, shu jumladan, «Alrosa» YoAJ, «Krympatriotsentr», shuningdek, mudofaa korxonalari, jumladan «Uraltrasmash» AJ, «Kurganpribor NPO» AJ, «ChTZ-Uraltrak» MChJ, «Nijyegorodskiy zavod 70-letiya Pobedy» AJ, «Zavod imeni Degtyareva» OAJ, «Devays Konsalting» MChJ, «Oboronlogistika» MChJ, «Kompel» AJ, «Orelmetallpolimer» MChJ, «VNIIR-Progress» OAJ kiradi. 

Yangi sanksiyalar paketi doirasida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, BAA va O‘zbekistondan 11 ta xorijiy kompaniyaga ham cheklovlar joriy etilgan. Qora ro‘yxatga Xitoyning yetti firmasi, jumladan Alpha Trading Investmens Ltd, Asia Pacific Links Ltd va Guangzhou Ausay Technology Co. Ltd, BAA kompaniyasi - SCF Management Services Dubai Ltd, hind kompaniyasi - Si2 Microsystems Pvt Ltd, Qozog‘istondan - Elem Group, LLC va O‘zbekistondan - Mvizion LLC kiritildi.

Avvalroq G‘arb Rossiyaga mudofaa sanoatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan mahsulot va texnologiyalarni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar sanksiyalarga tortilishi mumkinligini bildirgan edi. 

Mavzuga oid