Niderlandiya Ukraina uchun Patriot’ni tayyorlab qo‘ydi
Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren Patriot havo hujumidan mudofaa tizimining qismlarini yig‘ish yakunlanganini ma’lum qildi. Yig‘ishga boshqa davlat ham jalb qilingan.
Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren Patriot havo mudofaa tizimi qismlarini keyinchalik Ukrainaga topshirish uchun yig‘ish yakunlanganini ma’lum qildi. Bu haqda 21 iyun, juma kuni NL Times portali xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati va boshqa davlat shunday havo hujumidan mudofaa tizimlaridan biri uchun ehtiyot qismlarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, u «Rossiya harbiylariga hech qanday ma’lumot bermaslik uchun» yetkazib berish sanalarini oshkor qilmadi. Ollongren, shuningdek, Patriot’ni yig‘ishga yordam bergan mamlakat Ukrainaga yordam taqdim etishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini ta’kidladi.
Vazir Ruminiya hukumatining shu hafta e’lon qilingan bitta Patriot tizimini Ukrainaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini «juda yaxshi yangilik» deb atadi. 20 iyun kuni Ruminiya prezidenti saytida berilgan bayonotda aytilishicha, mamlakat havo mudofaa tizimini Ukraina armiyasiga bepul o‘tkazadi.
Hozirda Ukrainada AQSh va Germaniya tomonidan yetkazib berilgan kamida to‘rtta Patriot tizimi mavjud, deb yozadi Financial Times 20 iyun kuni. Ayni paytda AQSh hukumati Patriot tizimlari uchun ochiq buyurtmalarni to‘xtatib qo‘yish va mijozlarga mo‘ljallangan tizimlarni Ukrainaga yo‘naltirish niyatida. FT ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatlarga quyidagilar kiradi: Ruminiya, Germaniya, Polsha va Ispaniya.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024