O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbiga Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini aytdi.
24 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini aytdi.
Mirziyoyev bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Kelgusidagi, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
13:19
NOS: Rossiya hakerlari Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilyapti
23:17 / 15.11.2024