Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlandi
Samarqand va Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.N. “Go‘zalkent” MFY hududidagi noturar joyning yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan 1280 kg iste’molga yaroqsiz yog‘, 110 kg chigit, 2 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.M. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan jami 100 litr qo‘lbola yog‘, 29 kg chigit, 1 dona elektr dvigatel, juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
18:34 / 11.10.2024
Prokuratura tizimida sun’iy intellekt joriy qilinadi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:10 / 01.10.2024