Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portladi
Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqqan va mashina yonib ketgan. Shuningdek, atrofdagilardan bir necha kishi tan jarohati olgan.
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida to‘xtab turgan “Lasetti”ning gazballoni portlab ketgan. Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 27 iyun kuni soat 11:40 larda sodir bo‘lgan.
Rishton tumani, “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan “Lasetti” mashinasining metan gazballoni portlab ketgan.
Portlashdan so‘ng yong‘in yuz bergan va mashina yonib ketgan. Portlash vaqtida mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Birlamchi ma’lumotga ko‘ra portlash oqibatida mashina atrofidagi shaxslar turli darajada tan jarohati olgan.
Yong‘in Rishton tumani FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025