Rossiya va Ukraina asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat ombudsmanlari vakillari ozodlikka chiqqan harbiy asirlar bilan suhbatlashdi.
Rossiya va Ukraina vakillari so‘nggi harbiy asirlar almashish paytida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun ham uchrashdilar. Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha komissari vakillari BAA vositachiligidagi muzokaralarda ilk bor ishtirok etdi, dedi Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets 26 iyun, chorshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat ombudsmanlari vakillari ozod etilgan ukrainalik va rossiyalik mahbuslar bilan suhbatlashgan. Lubinetsning aniqlik kiritishicha, muzokaralar Ukraina tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan va Rossiya uni «birinchi marta qo‘llab-quvvatlagan». Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova muzokaralar bo‘yicha faktni tasdiqlab, tomonlar «hozirda majburiy hibsxonalarda saqlanayotgan fuqarolarni o‘zaro qaytarishning ehtimoliy variantlari haqida ma’lumot almashganini» aytdi.
Bir kun avval Rossiya va Ukraina asirlar almashib, har biri 90 nafar asirni ozod qilgan edi. Bundan oldin, oxirgi yirik almashinuv fevral oyida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda tomonlar har biri yuz kishini ozod qildi. 2022 yil fevral oyida urush boshlanganidan beri tomonlar yuzlab asirlarni almashishgan. Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini ham bir-biriga topshirmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
10:11 / 15.11.2024
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31 / 15.11.2024