Fan-texnika | 15:51 / 01.07.2024
7039
2 daqiqa o‘qiladi

GPT-4o bilan ishlaydigan ilk aqlli ko‘zoynak taqdim etildi

Aqlli ko‘zoynaklar chiqarishga ixtisoslashgan Solos kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti - AirGo Visionʼni namoyish etdi. 

Foto: The Verge

Bu ChatGPT-4o sun’iy idrokini qo‘llab-quvvatlaydigan dunyodagi ilk aqlli ko‘zoynak hisoblanadi. Ko‘zoynak kichik kamera bilan jihozlangan bo‘lib, uning yordamida suratga olish, obektlarni aniqlash va ular haqidagi turli savollarga sun’iy idrok yordamida javob olish mumkin.

Kompaniya AirGo Vision boshqa sun’iy idrok modellari, xususan, Google Gemini va Anthropic Claude’larni ham qo‘llab-quvvatlashini, uning imkoniyatlari doimiy ravishda kengayib borishini qayd etdi. U foydalanuvchiga ruxsat etilgan istalgan ma’lumotni topib bera oladi.

Foto: The Verge

Ko‘zoynakning yana bir ustunligi uni qismlarga bo‘lgan holda saqlash, olib yurish mumkin. Kompaniya mijozlarga qulay bo‘lishi uchun ko‘zoynak bandlarini ajraladigan holatda ishlab chiqqan.

Hozircha aqlli ko‘zoynakning qachon ishlab chiqarishi ma’lum emas. Shuningdek, narxi borasida ham ma’lumotlar yo‘q. Biroq ayni damda Solos’ning kamerasiz sotilayotgan AirGo ko‘zoynagi narxi 250 dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid