Jamiyat | 18:11 / 03.07.2024
8211
1 daqiqa o‘qiladi

Genetika: DNK, abort, qarindoshlar nikohi haqiqatlari

SUBeKTIV'ning bu galgi soni ko‘pchilikning xayolidan o‘tadigan turli savollarning javoblariga bag‘ishlanadi. 

O‘zbeklar nega har xil irq va qiyofaga ega? Ularning DNKlaridan olingan deyarli 40 mingyillik genetik tarix bu savolga javob beradi. Ko‘rsatuvda ozolmayotgan, semirolmayotganlar genetikasidan tortib o‘g‘il bolalarning qizlardan ko‘payib ketayotgani sabablari va oqibatlarini o‘rganib chiqamiz. 

Barcha insonlar aslida genetik jihatdan qarindosh ekanligi, abort va befarzandlik, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh haqiqatlari ko‘rsatuvdagi alohida-alohida katta mavzular.

Bundan tashqari, Amir Temur va Boburiylarning bugungi davrda yashayotgan Hindistondagi avlodlaridan qo‘lga kiritgan tarixiy ma’lumotlarimizni ham ochiqlaymiz. Xullas, bugun o‘zimiz va o‘zingiz haqingizda gaplashamiz.

Mavzuga oid