Jamiyat | 15:06 / 03.07.2024
7368
1 daqiqa o‘qiladi

Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan shaxs cho‘kib ketdi

Uning murdasi oradan 3 kun o‘tib topilgan.

Foto: archive.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda kanalda inson murdasi oqib kelayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Bag‘dod tumani, Qatag‘on mahallasida yashovchi fuqaro O‘.T. Samandarak mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan. U cho‘milish jarayonida cho‘kib ketgan.

Olib borilgan qidiruv ishlar davomida O‘.T.ning murdasi 28 iyun kuni tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz kanalning O‘zbekiston tumani, Zinasha mahallasi hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Toshkentda Bo‘rijar kanaliga cho‘milishga borgan talaba cho‘kib ketgandi.

Mavzuga oid