Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 9 mingdan ortiq xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga 4 iyul kuni soat 10:00dan 16:00gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumani — “Mevazor”, “Yakkabog‘”, “2-Qatortol” MFYlaridagi 1124 ta xonadon hamda “Kichik Xirmontepa”, “Xirmontepa”, “Bo‘rijar”, “Mehirjon” va “Shuhrat” MFYlarda ko‘p qavatli uylardagi 6095 ta xonadon;
Uchtepa tumani — Uchtepa 11-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 1895 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar soni 29 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
11:02 / 23.05.2025