O‘zbekiston | 11:02 / 08.07.2024
3756
1 daqiqa o‘qiladi

«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonga tushdi

Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridag “Hisor” davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga qor qoploni muhrlandi.

Ekologiya vazirligiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklar davomida qor qoplonining soni uzluksiz kamaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda bu hayvonning umumiy ko‘rsatkichi turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 30-50 tadan 80-120 tagachani tashkil etadi.

G‘arbiy Tyan-Shanda 10-40 tagacha, Pomir-Oloyda 20-80 tagacha qor qoploni qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, qor qoploni – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, u yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Qor qoplonini ovlash qat’iyan taqiqlangan.

Mavzuga oid