Xitoy sanksiyalar tufayli Rossiyaga jo‘natilgan uskunalarni qaytarib olishga qaror qildi
Mart oyining oxirlarida Xitoyning gazni suyultirish uskunalari ishlab chiqaruvchi Wison New Energies kompaniyasi «Arktik SPG 2» loyihasining uchinchi navbati uchun ikkita agregat jo‘natgan edi. Biroq uskunalar ortilgan kema Murmansk oblastidagi portga yetib kelishiga bir necha kun qolganda, ortiga qayrilib ketgan, deb xabar beradi gCaptain.
Bungacha ikki hafta avval Wison Rossiya bilan ishlashni to‘liq yig‘ishtirishini e’lon qilgan edi. Umumiy hisobda kompaniya «Arktik SPG 2» uchun o‘ndan ziyod uskunalar ishlab chiqarib bergan. Yo‘ldagi ikkitadan tashqari yana ikkitasi Joushang shahrida turibdi.
Wisonni Rossiya bilan ishlashni rad etishga Amerika sanksiyalari majbur qilgan. Uskunalar ortilgan kema yo‘ldaligida AQShning xorijiy aktivlar ustidan nazorat boshqarmasi (OFAC) Xitoy va Singapur kompaniyasi va ularning uskunalarni Rossiyaga tashiyotgan uchta kemasini qora ro‘yxatga tirkagan. AQSh o‘tgan yilning oxirlarida «Arktik SPG 2» loyihasiga nisbatan sanksiyalar e’lon qilgan edi.
Wison uskunalari ortilgan kema yo‘lning katta qismini bosib o‘tib, iyun oyida Farer orollari yaqinida turib qolgan va iyulning boshlarida ortga qaytib Gibraltar qo‘ltig‘i tomon yo‘l olgan.
Hozircha kemalarni ortga qaytarish haqida Wison kompaniyasi yoki kemaning egasi Hainan Smiling Angel Shipping qaror qabul qilgani ma’lum emas.
Rossiyaning eng yirik suyultirigan tabiiy gaz oyhasi sanksiyalar tufayli o‘zining birinchi texnologik liniyasidan eksportni reja qilinganidek 2024 yilning avvalida boshlay olmadi. Xaridorlar yo‘qligi va muzyorar gaz tashuvchi kemalar yo‘qligi tufayli «Arktik SPG 2» gaz qazib olishni ham to‘xtatishga majbur bo‘lgan, chunki gaz saqlash omborlari to‘lib ketgan.
Endi «Arktik SPG 2»ni ishga tushirish 2024 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
16:52
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
08:10
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
19:27 / 14.11.2024