Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 2 mingdan ortiq xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 12 iyul kuni soat 10:00dan 17:00gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yunusobod tumani — “Otchopar 2” MFY Oltin Meros 1-2-3-tor ko‘chalaridagi 180 ta xonadon, “Buyuk Turon” MFY Oloy berk ko‘chasi 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 160 ta xonadon hamda 7 ta ulgurji iste’molchi;
Shayxontohur tumani — Bog‘iravon ko‘chasi 33 ta ko‘p qavatli uydagi 120 ta xonadon, Markaz 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1550 ta xonadon, O‘rda massivi ko‘p qavatli uylaridagi 320 ta xonadon hamda 21 ta ulgurji iste’molchi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025