O‘zbekiston | 12:14 / 15.07.2024
2969
5 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi
“O‘zbekiston Respublikasida kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qonunning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- ijodiyot, innovatsiyalar va intellektual salohiyatga asoslangan kreativ industriyada fuqarolarning o‘zini o‘zi anglashi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlar shakllantirish;
- kreativ industriyalar sohasida fuqarolarning bandlik darajasini oshirish;
- O‘zbekistonda kreativ industriyalar turlariga xos mahsulot/xizmatlarni yaratish, ulardan foydalanish, ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish va realizatsiya qilish hamda iste’mol qilishda ijodiyot, intellektual faoliyat natijalari, innovatsiyalar va texnologiyalarning o‘zaro munosabatlari va keng qo‘llanilishiga asoslangan sub’yektlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui sifatida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish;
- kreativ industriyalar va butun kreativ iqtisodiyot sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, sog‘lom raqobatni ta’minlash, barcha kreativ industriya sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatidan, infratuzilma obektlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlash va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
- kreativ industriyalar sohasida mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk obektlari va ulardan foydalanish huquqlarini himoya qilishni ta’minlash;
- kreativ industriyalar sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish va kreativ industriyalar sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirish uchun zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish.
O‘zbekistonning kreativ iqtisodiyot sohasidagi qonun hujjatlari quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- axborotning ochiqligi va foydalanish imkoniyati;
- kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlardan foydalanish imkoniyati;
- madaniy qadriyatlar, milliy an’analar, meros va tabiiy boyliklarni saqlash;
- O‘zbekiston fuqarolarining kreativ iqtisodiyot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash;
- O‘zbekiston kreativ industriyasining xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvini ta’minlash;
- intellektual mulkni himoya qilish orqali intellektual faoliyat natijalarining ustuvorligi.
Qonun maqsadlarida kreativ industriyalar quyidagi yo‘nalishlar (sohalar)ga tasniflanadi:
- tasviriy san’at (rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’at, fotografiya);
- ijrochilik san’ati (musiqa, teatr, opera, balet, raqs va sirk, tomosha);
- audiovizual san’at (kinofilm va videofilm ishlab chiqarish, animatsiya, multiplikatsiya, ovoz yozish, saund-dizayn, virtual va to‘ldirilgan reallikni yaratish, aralash haqiqat, 3D-dizayn);
- teleko‘rsatuv, radioeshittirish, internet orqali uzatish loyihalari (yaratish, ishlab chiqarish, tarqatish);
- kino, video, musiqiy mahsulotlar va loyihalarni, shuningdek tasviriy, ijrochilik, audiovizual san’at sohasidagi loyihalarni yaratish, ishlab chiqarish va targ‘ib qilish bilan bog‘liq prodyuserlik faoliyati;
- innovatsion, eksklyuziv, ilg‘or, tejamkor usullar (texnologiyalar, algoritmlar, yondashuvlar, yo‘nalishlar) yordamida amalga oshirilayotgan va (yoki) amalga oshirish rejalashtirilgan ta’lim loyihalari (dasturlar, treninglar, kurslar, kreativ maktablar va boshqa turdagi ta’lim vositalari), shu jumladan tadqiqot va ishlanmalar;
- loyihani amalga oshirishda mualliflik huquqi, patent huquqi, intellektual mulk (nomi, logotipi, chizmasi, grafikasi, xarakteri yoki ushbu elementlarning bir nechta kombinatsiyasi)dan foydalangan holda tovar belgilarini, marketingni, shu jumladan reklama faoliyatini yaratish va (yoki) ilgari surish;
- raqamli texnologiyalar (dasturiy ta’minot va (yoki) axborot tizimi, axborot resursi, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan mahsulotlar, kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratish, kompyuter va boshqa elektron o‘yinlar, kibersport), multimedia va dizayn sohasidagi (vebdizayn, grafika dizayni, kompyuter o‘yinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D-grafika, vizuallashtiruvchi dizayn, animatsiya, interfeys dizayni, texnik dizayn, moushn-dizayn va boshqalarni) ishlab chiqish, joriy etish, loyihalash va (yoki) dasturlash);
- arxitektura, muhandislik, loyihalash faoliyati, shaharsozlik;
- dizayn (grafik, interer, landshaft, muhandislik, sanoat);
- nashriyot va matbaa faoliyati (kitoblar, jurnallar, broshyuralar, gazetalar va boshqa turdagi bosma mahsulotlarni nashr etish, shu jumladan bosma mahsulotlarni tayyorlash va nusxalash);
- moda sanoati (liboslar, aksessuarlar yaratish, ishlab chiqarish va reklama qilish);
- innovatsion, eksklyuziv, texnologik, resurslarni tejovchi, energiyani tejovchi, rekreatsion, sog‘lomlashtirish, ta’lim usullari yoki kombinatsiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan va (yoki) amalga oshirilishi rejalashtirilgan turizm, sport, rekreatsiya sohasidagi faoliyat yoki ushbu usullarning bir nechtasi kombinatsiyasi;
- xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik va gastronomiya;
- muzeylar, galereyalar, kutubxonalar, kreativ klasterlar va bog‘lar faoliyati;
- adabiyot va she’riyat (matnlar, kitoblar, ssenariylar, pesalar yozish);
- ko‘ngilochar industriya (festival, konferensiya, forum, shou, konsertlar, kibersport o‘yinlari, ijodiy va ommaviy madaniy tadbirlarni o‘tkazish).
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024