Jahon | 20:50 / 16.07.2024
6467
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada atom elektr stansiyasining ishida keng ko‘lamli nosozlik ro‘y berdi

Rostov atom elektr stansiyasining turbogeneratoridagi nosozlik tufayli avtomatika energiya bloklaridan birini ishdan to‘xtatgan. “Rosatom” ma’lumotlariga ko‘ra, radiatsion fon me’yorida.

Foto: Wikipedia

Rossiya janubidagi energiya tizimida 1,5 GW’lik energiya iste’moliga cheklov kiritilgan. Tiklash ishlari olib borilmoqda.

Elektr uzilishi tufayli okkupatsiya qilingan Sevastopol shahri markazida trolleybuslar tirbandlikda turib qolgan, Krasnodarda esa 150 dan ortiq svetoforlar ishlamay qolgan. Taganrog, Elista, Anapa va Armavirda bir qator rayonlar chiroqsiz qolib ketgan.

Shuningdek, Gusinozyorsk GRESida ham energiya bloklaridan birining avariyaviy o‘chishi natijasida Buryatiston va Baykalorti o‘lkasidagi 100 mingdan ziyod aholi chiroqsiz qolib ketgan. O‘chish sabablari o‘rganilmoqda. Ayni paytda energiya tizimi dispetcheri qo‘shni Irkutsk oblastining energiya tizimidan yordam olib, quvvatlarni qayta taqsimlashga harakat qilmoqda, deb yozadi Rossiya OAVlari.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid