Xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi
Xorijdagi vatandoshlarga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Loyihada O‘zbekiston tomonidan xorijdagi vatandoshlarga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutilmoqda.
Loyihada xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, rag‘batlantirish usullari belgilanmoqda.
Jumladan, O‘zbekistonning xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, istiqomat qilayotgan mamlakatning qonunlari va O‘zbekiston xalqaro shartnomalari asosida chet ellardagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
- O‘zbekiston madaniy, ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, uni dunyoda o‘rganish va ommalashtirish, istiqomat qilayotgan mamlakatlarida o‘zbek tilini, madaniyatini va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan vatandoshlarimizning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning O‘zbekistonda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
- O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga va uning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va do‘stona munosabatlarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni istagan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
- O‘zbekiston hududida vatandoshlarning kasbiy, shu jumladan, tadbirkorlik, sarmoyadorlik, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlashga vatandoshlar salohiyatini jalb qilish.
O‘zbekiston madaniyat, ilm-fan, ta’lim va axborot sohalarida hamda iqtisodiy sohada xorijdagi vatandoshlar va ularning tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda O‘zbekistonning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil qiladi.
Taklif etilayotgan loyihaning qabul qilinishi natijasida xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
Xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, rag‘batlantirish usullari belgilanadi. Xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirishga erishiladi.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024