Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Ukrainaga 3,3 mlrd dollar taqdim etadi
Tokio va’da qilgan mablag‘lar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan musodara qilingan foizlardan ajratilmoqda. Kredit G7 mamlakatlari tomonidan kelishilgan 50 milliard dollarlik paketning bir qismidir.
Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan keyin muzlatilgan Rossiya aktivlaridan musodara qilingan foizlar hisobidan Ukrainaga 3,3 milliard dollar miqdorida kredit beradi. Bu mablag‘lar «katta yettilik» mamlakatlari Kiyevga yordam ko‘rsatish uchun kelishib olgan 50 milliard dollarlik paketning bir qismidir, deb xabar berdi Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi 17 iyul, chorshanba kuni diplomatik manbalarga tayanib.
Erishilgan kelishuvga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga har biri 20 milliard dollardan, Yaponiya, Britaniya va Kanada esa jami 10 milliard dollardan yordam beradi.
To‘plam iyul oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan «katta yigirmatalik» moliya vazirlarining konferensiyasi arafasida rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025