Jo Bayden Ilon Maskni Trampni qo‘llayotgani uchun tanqid qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden biznesmen va milliarder Ilonk Maskni sobiq prezident, respublikachilardan yangi saylovga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlab xayriya qilgani uchun tanqid ostiga oldi.
Avvalroq Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingan edi.
U X ijimoiy tarmog‘ida “Men betobman” deb tvit qoldirdi. Uning ostidan esa “Men ushbu saylovni sotib olishga harakat qilayotgan Ilon Mask va uning boyvachcha tanishlaridan ko‘nglim ayniyapti”, deb yozgan.
O‘z postiga Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasiga mablag‘ yig‘ish uchun havola qoldirgan. Saylovchilar uchun mo‘ljallangan saytda “Trampni to‘xtatish” uchun yordam berishga chaqirilgan va buning uchun 10 dollardan 2000 dollargacha yoki istalgan mablag‘ni xayriya qilish taklif etilgan.
Ilon Mask Jo Bayden va uning komandasini bir necha bor tanqid ostiga olib, bo‘lajak saylovlarda respublikachilarning g‘alabasi zarur ekani to‘g‘risida gapirgan. 27 iyun kuni Bayden no‘noqlarcha o‘tkazgan ilk teledebatlardan so‘ng Mask ochiqchasiga Trampni qo‘llay boshlagan. Trampga suiqasd uyushtirilganidan so‘ng Ilon Mask to‘liq sobiq prezident tarafida ekanini aytib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
13 iyul kuni Bloomberg nashri Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtiruvchi America PAC qo‘mitasiga sobiq prezident mablag‘ yig‘ish bo‘yicha Baydenni ortda qoldirganidan so‘ng katta miqdordagi pul o‘tkazib berganini xabar qildi. The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib, Mask qo‘mitaga har oy 45 mln dollar o‘tkazib berishga tayyor ekanini yozgan.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
09:02 / 20.11.2024