O‘zbekiston va Kipr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Kipr Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda Kipr Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Savdo-sanoat palatasi prezidenti, Investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi rahbari o‘rinbosari va Turizm vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.
Delegatsiyalar ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqdilar hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqdilar.
Mavjud hamkorlik salohiyatidan, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalarida foydalanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha ham takliflar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
14:10 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida maslahatlashuvlar qo‘mitasi tashkil etiladi
13:00 / 27.09.2024