O‘zbekiston | 17:00 / 18.07.2024
3858
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

President Tech Award - o‘z startapingizni boshlash uchun ajoyib imkoniyat

IT Park Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqinini ishga tushirmoqda.

Foto: President Tech Award

President Tech Award bu — O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan o‘tkaziladigan, sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi tanlov bo‘lib, O‘zbekistonning eng iste’dodli va kreativ dasturchilarini birlashtiradi hamda ularga o‘z startaplarini tashkil etish va hukumatdan moliyaviy yordam olish imkoniyatini taqdim etadi.

Tanlovning maqsadi yosh IT-mutaxassislarga o‘zlarini namoyon qilish va o‘z mahoratlarini ko‘rsatib berish, shuningdek, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga va mamlakatning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga ruhlantirishdan iborat. 1 million dollarlik sovrin jamg‘armasi esa startapni amalga oshirish uchun ajoyib poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Tanlash uchun bir nechta yo‘nalishlar mavjud:

•       Sun’iy intellekt texnologiyalari;

•       Kompyuter yoki mobil o‘yinlarni ishlab chiqish;

•       Micro-Saas va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar;

•       Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;

•       Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta sovrinli o‘rinlar belgilangan:

•       1-o‘rin — $100 000

•       2-o‘rin — $50.000

•       3-o‘rin — $30 000

Shuningdek, chet elliklar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan maxsus yo‘nalish — xakaton ham mavjud. Xakaton 15-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi, unda 100 000 dollarlik mukofot bilan faqat bitta sovrinli o‘rin mavjud. Ushbu bosqich davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birida loyihani tayyorlash, amalga oshirish va taqdim etishlari kerak bo‘ladi:

•       Sun’iy intellekt texnologiyalari;

•       Ta’limda raqamli texnologiyalar;

•       Sog‘liqni saqlashda raqamli texnologiyalar;

•       Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;

•       Agrosanoat va yashil energetika sohasidagi texnologiyalar.

2023 yilda o‘tkazilgan tanlovning birinchi to‘lqini 4000 nafardan ortiq yosh dasturchilarni jalb qilib, 400 dan ortiq jamoalar shakllantirilgan edi.

Tanlov 6 oy davom etadi va quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1.     19 iyundan 1 avgustgacha ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi.

2.     Loyihalar salohiyatini baholash va tanlovda ishtirok etish uchun jamoalarni dastlabki tanlash.

3.     5 avgustdan 25 avgustgacha o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarini o‘z ichiga oluvchi Bootcamp, unga tanlovning barcha ishtirokchilari taklif etilgan.

4.     Ishtirokchilarning loyihalarini onlayn baholash va finalchilarni aniqlash.

5.     Demo Day, bunda 10 kun davomida finalchilar o‘z loyihalarining jonli taqdimotlarini o‘tkazishi kerak.

6.     Final bosqichi 20 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi, unda g‘oliblar e’lon qilinadi, shu bilan birga sovrinlar topshiriladi.

Barcha loyihalar Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, yetakchi xalqaro kompaniyalarning biznes menejerlari va IT-mutaxassislaridan iborat ekspertlar hay’ati tomonidan baholanadi.

President Tech Award” tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirish orqali O‘zbekiston IT-sohasining kelajagiga hissa qo‘shish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://awards.gov.uz

Telegram-kanal: https://t.me/PresidentTechAward

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid