O‘zbekiston | 12:30 / 19.07.2024
29713
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘illari ham uzoq muddatga qamaldi

Sud Ixtiyor Qudratullayevga 9 yil, Bekzod Zafarovga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Baxtiyor Qudratullayev va boshqa sudlanuvchilarga sud hukmi o‘qildi.

53 yoshli Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni o‘tash davrida giyohvandlikdan davolanishi ham belgilangan.

Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev 9 yil, ikkinchi o‘g‘li Bekzod Zafarov 11 yilga, akasi Shuhrat Qudratullayev esa 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortildi.

Shuhrat Qudratullayev ham o‘ta xavfli retsidivist deb topildi hamda jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Sudlanuvchilar orasida yagona ayol bo‘lgan Nargiza Jumaniyozovaga 4 yil 4 oy 24 kunga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid