O‘zbekiston | 10:34 / 21.07.2024
35722
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi

Bolaning onasi o‘g‘li QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi uni haqoratlagani va bir necha bor yuziga urganini aytgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahrida 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va IIB tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga fuqaro D.J. (ayol) murojaat qilgan. U murojaatida, 2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

Mavzuga oid