O‘zbekiston | 18:43 / 22.07.2024
25271
1 daqiqa o‘qiladi

QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Foto: Videodan kadr

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi do‘konda 12 yoshli bolani urgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 22 iyul kuni Guliston shahri sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan.

Avvalroq, do‘konchi tomonidan bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilgani, jumladan, uning yuziga tarsaki tushirgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Bolaning onasi so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi uni haqoratlagan va bir necha bor yuziga urgan.

Keyinchalik sotuvchiga nisbatan ma’muriy ish ochilgan edi.

 

Mavzuga oid