Jahon | 07:52 / 22.07.2024
6889
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yo‘lovchi avtobusida 32 yoshli o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi

Leningrad viloyatining Kingisepp tumanida yo‘lovchi avtobusida pichoqlangan 32 yoshli o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi. 

Foto: freepik

78.ru xabariga ko‘ra, hodisa Pulkovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Erkaklar to‘g‘ridan to‘g‘ri avtobusda mushtlashishgan. Ulardan biri ikkinchisining yuragiga pichoq tiqqan. O‘zbekistonlik fuqaro olgan jarohatidan vafot etdi. 

19 iyul kuni ertalab politsiya xodimlari avtobus ichida odam pichoqlanganidan xabar topgan. Bir necha soat o‘tgach, tajovuzkor shaxs Bolshoye Kuzemkino qishlog‘idagi vaqtinchalik turar joy shaharchasi hududida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u yanvar oyida Sankt-Peterburgga kelgan, darhol migratsiya hisobidan o‘tgan va ishlashni rejalashtirgan. 

Huquqni muhofaza qilish organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qotillik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Sud-tibbiyot ekspertizasi xodimlari erkakdan pichoq olib qo‘ydi. Qo‘lga olingan shaxs so‘roq qilinib, so‘ngra vaqtinchalik saqlash izolyatoriga jo‘natildi. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid