Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Manfred Huterer Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlarini topshirdi va yangi lavozimda ish boshlaydi.
Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
«Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Manfred Huterer janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Biz tobora kengayib borayotgan ikkitomonlama hamkorlik kun tartibi, hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklikni mustahkamlash, ko‘proq iqtisodiy ko‘priklarni barpo etish va boshqa masalalarga to‘xtaldik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob elchi va elchixona jamoasining aloqalarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor», deyiladi xabarda.
Manfred Huterer 2019—2023 yillarda Germaniyaning Belarusdagi elchisi bo‘lgan.
2024 yil iyun oyi oxirida Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner o‘z missiyasini yakunlagan edi.
Mavzuga oid
07:50
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
13:26 / 11.11.2024
Shols ishonch to‘g‘risidagi masala yil oxirigacha ko‘tarilishini istisno etmadi
08:28 / 09.11.2024