Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp suiqasd ishi tergovi doirasida FQB tomonidan so‘roq qilinadi
U tergovga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi suiqasd ishi tergovi doirasida Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan so‘roq qilinadi, deb xabar berdi CNN.
Kanal suhbatdoshining ta’kidlashicha, bu «tergovning an’anaviy qismi», chunki u jinoyat jabrlanuvchisi bo‘lgan. Bir kun avval FQB Trampga qilingan hujum dalillarini, jumladan, o‘q parchalarini o‘rganishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Departament direktori Kristofer Rey avvalroq Oq uy sobiq rahbarining o‘qdan jarohat olganiga shubha qilgan edi.
«Uning qulog‘iga o‘q yoki uning parchasi tekkaniga ba’zi shubhalar bor», dedi u Vakillar palatasi sud qo‘mitasidagi tinglovda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu «na shisha parchasi, na o‘q parchasi» edi. «Shifoxonada buni o‘qdan olingan jarohat deb aytishdi va bu shunday edi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq, Newsmax jurnalisti Pensilvaniya politsiyasidagi manbasiga tayanib, AQSh sobiq prezidenti shisha telesuflyor parchalari bilan yaralangani, o‘z navbatida, o‘q telesuflyorga tekkani haqida yozgan edi. Bunga javoban The New York Times (NYT) Trampning boshi yonidan o‘q uchib o‘tganini aks ettiruvchi fotosuratlarni chop etdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025