Jamiyat | 07:35 / 27.07.2024
4374
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

26 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

Viloyat IIB JXX YHXB xabariga ko‘ra, 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “VAZ-2106” avtomobilida 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 228 kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi Cobalt avtomobiliga yo‘l bermay, qayrilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan

Oqibatda “VAZ-2103” avtomobil haydovchisi N.E. tan jarohati bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan haydovchi shifoxonada vafot etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid