Yangiyo‘l tumanida 5 kishini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
29 yoshli gumondor qurbon bo‘lgan oilaning qarindoshi bo‘lib, u marhum erkak bilan o‘rtasidagi qarz munosabati sababli shunday jinoyatga qo‘l urgan.
Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi shaxs jarblanuvchi marhum erkak marhumning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq berilgan rasmiy axborotga ko‘ra, 26 iyul kuni tongda Yangiyo‘l shahar Nurafshon ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan va o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga borib yong‘inni bartaraf etgan. Shundan keyin xonadonni ko‘zdan kechirish davomida turli jarohatlarga ega 5 kishining murdasi topilgan.
Marhumlar – 1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bola va 2018 yilda tug‘ilgan qiz – bir oila a’zolari bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024