To‘rt o‘zbekistonlik qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi
Qonunbuzarlarga nisbatan Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yuk mashinalaridan birida qovun solingan qutilar orasiga yashirinib, Rossiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ushlandi. Bu haqda Mash xabar berdi.
Saratov oblastining Ozinki qishlog‘idagi nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yuk mashinasini to‘xtatgan. Hujjatlarga ko‘ra, uning ichida faqat qovunlar bo‘lishi kerak edi. Biroq, yuk mashinasi tekshirilganda qutilar ostida to‘rt nafar o‘zbekistonlik borligi aniqlandi.
Ta’kidlanishicha, haydovchi va qonunbuzarlarga nisbatan Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga 5 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024