Jamiyat | 20:12 / 30.07.2024
7348
1 daqiqa o‘qiladi

Toshbaqa og‘ziga nos solgan fuqarolar jazolandi

Huquqbuzarlarga jarima jazosi qo‘llandi.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyatida O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi og‘ziga nos solganlarga chora ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shu mazmundagi videolavha tarqalgach, holat Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, jonivorlarga beshafqat munosabatda bo‘lish holatiga Denov tumani, «Yangikuch» mahallasida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro tomonidan aprel oyida yo‘l qo‘yilgan.

Holat yuzasidan ularning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHM 3 barobari – 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Mavzuga oid