“Yo‘l-yo‘lakay sotilayotgan muzqaymoqdan zaharlanish holatlari uchramoqda” – Sanepidqo‘mita
Qo‘mitaga ko‘ra, ko‘chada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda stafilokokk bakteriyasi bo‘lishi mumkin. Ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati mavjud emas.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘chada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda stafilokokk bakteriyasi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu bois uni doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi. Agar issiqlik ta’sirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, iste’mol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi o‘zgarib, bakteriyalarni o‘ziga jalb qilish xususiyati ortadi.
“Afsuski, bugun ko‘chada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda. Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatgich imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmasligi ham bor gap.
Bugungi kunda yo‘l-yo‘lakay sotilayotgan muzqaymoqlar ko‘paydi. Oxirgi paytlarda ana shu mahsulotlardan iste’molchilarning zaharlanish holatlari yuzaga kelmoqda. Ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlarini olib borilmoqda. Ko‘chada sotilayotgan muzqaymoq mahsulotlaridan nazorat tahlili olinganida ularning tarkibida stalifilokokk bakteriyasi aniqlangan.
Stafilokokk ko‘p hollarda ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda kishi zaharlanishi mumkin.
Qo‘mitaga ko‘ra, yo‘l-yo‘lakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanmagan va ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga ko‘ra, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari zarur.
“Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan o‘tib, ma’lumotnomaga ega bo‘lganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi, shularga diqqat qaratish darkor”, deyiladi xabarda.
Qo‘mita muzqaymoq tayyorlaganda zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qat’iy bajarish kerakligini ham eslatib o‘tgan.
Sanepidqo‘mita oldinroq fuqarolarni avtomobil yo‘llari yonidan tarvuz va qovun sotib olmaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
22:25 / 10.09.2024
Olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
13:11 / 19.08.2024
Xorijdan qaytgan fuqarolardan sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga jiddiyroq qarash so‘raldi
16:40 / 17.08.2024
“Mpox virusining O‘zbekistonga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilyapti” - Sanepidqo‘m
17:55 / 17.07.2024