Jahon | 11:43 / 01.08.2024
2577
1 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda «Al-Jazira» jurnalistlari o‘ldirildi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 165 nafarga yetdi.

Foto: Anadolu Agency

«Al-Jazira» muxbiri Ismoil al-Gul va operator Rami ar-Rifi G‘azo sektoridagi Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan avtomobilga uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi.

Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot byurosi yozma bayonot berdi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumida «Al-Jazira» muxbiri Gul va operator Rifi halok bo‘lgan.

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 165 nafarga yetdi.

Bayonotda xalqaro hamjamiyat va tashkilotlardan Isroil jinoyatlarini xalqaro sudlarda tekshirish va jurnalistlarga qarshi hujumlarni to‘xtatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqiriladi.

Mavzuga oid