Paynet: tez va komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin
QR-kodni skanerlab, shahardagi istalgan Paynet shoxobchasidan qo‘shimcha to‘lovlarsiz 1 mln so‘mgacha komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin.
Paynet — hisob to‘ldirish, xizmatlar va mahsulotlar uchun to‘lov qilish, pul o‘tkazmalari kabi keng ko‘lamdagi xizmatlarni taqdim etadigan O‘zbekistondagi yetakchi moliyaviy-texnologik kompaniyalardan biri. Paynet foydalanuvchilarga mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, jarimalar uchun osongina pul to‘lash, shuningdek, mablag‘larni bank hisob raqamlari va kartalariga o‘tkazish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar qulayligi uchun O‘zbekiston bo‘ylab 24 mingdan ortiq Paynet shoxobchasi o‘rnatilgan.
Qanday qilib Paynet agenti orqali naqd pul yechib olish mumkin?
Paynet orqali naqd pul olish jarayoni oson va qulay. Buning uchun:
- Paynet agentiga murojaat qilish: shahardagi yaqin Paynet nuqtasi topiladi.
- QR-kodni skanerlash: smartfonda Paynet ilovasi ochiladi va agent taqdim etadigan QR-kodni skaner qilinadi.
- Pul miqdorini kiritish: naqd pulga aylantirilishi kerak bo‘lgan miqdor kiritiladi. Har qanday summani tanlash mumkin, agar pul miqdori bitta yagona telefon raqamiga ochilgan HUMO va UZCARD kartalaridan oyiga 1 mln so‘mdan oshmasa, komissiya ushlab qolinmaydi.
Mablag‘ni naqd pul qilish uchun qo‘lda karta bo‘lishi shart emas. Foydalanuvi kartasi Paynet ilovasiga bog‘langan bo‘lsa bas. Ya’ni, plastik kartani uyda unutib qoldirilgan bo‘lsa ham tashvishlanishga hojat yo‘q — foydalanuvchiga kerakli hamma narsa smartfon ichida.
Foydalanuvchilar Paynet agentlarining ishonchli ekanliklariga shubxalanmasalar ham bo‘ladi. Pul miqdori qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, agent doimo kerakli miqdordagi naqd pulni chiqarib bera oladi.
Bu esa agentda yetarli mablag‘ bo‘lmasligi mumkinligi haqidagi har qanday xavotirlarni yo‘q qiladi.
Paynet ilovasidagi qo‘shimcha imkoniyatlar
Paynet ilovasida amalga oshirilgan har bir to‘lov uchun tangalar yig‘ib boriladi. Tangalar — faol va maxsus takliflarga, shu jumladan komissiyasiz pul o‘tkazmalariga almashtirish mumkin bo‘lgan bonuslar.
Faol takliflar:
- keshbek: barcha to‘lovlar uchun kafolatlangan 2,2% keshbekka ega bo‘lish mumkin;
- transfer: istalgan bankning UZCARD va HUMO kartalariga 3 mln so‘mgacha foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Extra Plus va Extra Pro komissiyasiz o‘tkazmalari:
- Extra Plus — istalgan bankning UZCARD va HUMO kartalariga 4 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalari foizsiz paketini;
- Extra Pro — istalgan bankning UZCARD va HUMO kartalariga 5 mln so‘mgacha foizsiz pul o‘tkazmalari paketini faollashtirish mumkin.
Paynet mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olsa bo‘ladi.
Sayt: paynet.uz
Facebook: fb.com/paynetuz.uz
Instagram: paynet.uz
Telegram: t.me/paynetuz_official
Reklama huquqlari asosida
Mavzuga oid
10:00
Paynet AJ BMTning Orol tubini ko‘kalamzorlashtirish dasturida ishtirok etmoqda
10:00 / 13.06.2024
Paynet virtual kartalari va Visa o‘rtasida o‘tkazmalar yo‘lga qo‘yildi
17:00 / 23.05.2024
Paynet bugun: kompaniyada oxirgi yilning asosiy ko‘rsatkichlari bilan bo‘lishishdi va rejalar haqida gapirib berishdi
07:24 / 19.01.2024